Maktab haqida

Navoiy viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli Suv sportiga Ixtisoslashtirilgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabi 2011 yil 11 dekabrda foydalanishga topshirildi. 2012 yil 1 martdan ish boshladi. Suv sportiga Ixtisoslashtirilgan BO‘SM «Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi» tomonidan qurilib 120 o‘rinli bolalar sport majmuasi bo‘lib, tasarrufiyligi Navoiy viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi.

Navoiy viloyati Jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasiga qarashli Sportning suv turlariga Ixtisoslashtirilgan Bolalar o‘smirlar sport maktabi viloyat hokimligining 2016 yil 23 martdagi Q-52 sonli qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib Navoiy shaxar Navoiy ko‘chasi 30 uyda joylashgan.

Sportning suv turlariga Ixtisoslashtrilgan BO‘SM 2016 yil iyun, iyul oylarida kapital ta’mirdan chiqarildi.

Sport maktabida 2016 yil fevral oyiga qadar 29 ta guruxda 378 nafar sportchi shug‘ullanib kelgan, shundan 74 nafari qizlarni tashkil etgan. Hukumatimizning suzish sportiga katta e’tibori tufayli maktabimizda ham suzish sportini rivojlantirish ishlari maqsadga muvofiq ravishda olib borilmokda. 2016 yil aprel oyidan sport maktabida Suzish sport turidan tashqari sinxron suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, suv polosi va tramplindan sakrash turlarining ochilishi tashkil etildi.

Hozirda sport maktabida 13 nafar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi «Sertifiktlashtirish va kompyuterlashtirish» markazi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan murabbiylar mashg‘ulot jarayonlarini olib borishadi. Murabbiylarning 10 nafari oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya mutaxassisligi bo‘yicha, 3 nafari o‘rta maxsus jismoniy tarbiya mutaxasisligi bo‘yicha tamomlaganlar. Murabbiylardan 3 nafari II– toifa, 1 nafari I– toifaga egadir. Sport maktabida 41 gurux tashkil etilgan bo‘lib unda 619 nafar shug‘ullanuvchi sportchilar jalb etilgan bo‘lib ulardan 193 nafari qizlarni tashkil etadi.

Suzish bo‘yicha shug‘ullanuvchilardan 3 nafari O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kiritilgan. SST IBO‘SM sportchilari 2016 yanvar oyidan dekabr oyiga qadar bir necha Respublika musobaqalarida xamda viloyat birinchiliklarida ishtirok etishdi xamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

2016-yil 13-yanvar kuni 2016-yil ”Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlab Suzish bo‘yicha SSTI BO‘SM ochiq viloyat birinchiligi o‘tkazilib unda maktabimiz sportchilari faxrli natijalar bilan ishtirok etishib umumjamoa xisobida 1 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

SST IBO‘SMda 2016 yil 4-5 fevral kunlari ochiq viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi va umum jamoa xisobidan 1-o‘rinni qulga kiritdilar.

2016 yil 24-25 mart kunlari sportning suzish turi buyicha Navoiy shaxri «Delfin» suzish xavzasida BO‘SM shugullanuvchilari o‘rtasida Navruz umumxalq bayramiga bagishlab o‘tkazilgan suzish sport musobaqasida BO‘SM terma jamoasi ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishib keldilar va umum jamoa xisobidan 2-o‘rinni qulga kiritdilar .

2016 yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili”ga xamda O‘zbekiston Bolalar sportinini rivojlantirish jamg‘armasining Homiylik kengashi yig‘ilishining 2016 yil 11 fevraldagi yig‘ilish bayonining 21 bandi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari 2016 yil 22 martdagi Vazirlar Maxkamasida o‘tkazilgan №5 sonli yig‘ilish bayoniga asosan xotin qizlarni suzish sportiga jalb qilish maqsadida Sportning suv turlariga Ixtisoslashtirilgan Bolalar o‘smirlar sport maktabining Suzish xavzasida Sog‘lom avlod uchun Xayriya fondi Navoiy viloyati filiali tashkiloti bilan kelishilgan xolda 13 aprel kuni 2000-2007 va undan kichik yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida suzish bo‘yicha sport maktabi Ochik viloyat Birinchiligi musoboqasini o‘tkazildi. Ushbu musoboqada 90 ga yaqin qizlar ishtirok etishdi. Zarafshon , Uchquduquq shaharlari jamoasi, Navbaxor, Xatirchi tumanlari xamda Sug‘diona Jismoniy tarbiya va sport klubi Bolalar o‘smirlar sport maktabi “Delfin ” suzish xavzasidan xam qizlar jamoasi ishtirok etishdi.

Ushbu musoboqada 100 m/m kompleks suzish usulida 2000-2001 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Atemova Xonzoda 1 o‘rin, Sharipova Dinara 2 o‘rin, Baxromova Sitora 3 o‘rinlarni egallashdi

100 m/m ga chalqancha krol usulida 2002-2003 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Narzullayeva Shabnam 1 o‘rin, Niyazova Afsona 2 o‘rin, Nurullayeva Zulayxo 3 o‘rinlarni egallashdi.

2004-2005 yillarda tug‘ilgan qizlar urtasida 50 m/m erkin Xolniyozova Dilnura 1 o‘rin, Odilova Sitora 2 o‘rin, Muxiddinova Sevinch 3 o‘rinlarni egallashdi.

2006-2007 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida 50 m/m chalqancha krol usulda Nurmurodova alima 1o‘rin, Qurbonova Diyora 2 o‘rin, Meliyeva Durdona 3 o‘rinlarni egallashdi.

Umumjamoa xisobida Sug‘diona Jismoniy tarbiya va sport klubi Bolalar o‘smirlar sport maktabi “Delfin ” qizlar jamoasi 1 o‘rin.

Sportning suv turlariga Ixtisoslashtirilgan Bolalar o‘smirlar sport maktabining qizlar jamoasi 2 o‘rin.

Uchquduq shahar qizlar jamoasi 3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

2016 yil 25-31 yanvar kunlari Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogida ishtirok etishib sportchilarimizdan Atemova Xonzoda 4×200 m/m da erkin usulda faxrli 3 o‘rinni, Sharpipova Dinara 800m/m da erkin usulda faxrli 3 o‘rinni, Muxiddinov Shoxruxmirzo 800 m/m da erkin usulda faxrli 3 o‘rin, Elmurodov Elshod 4x200m/m da erkin usulda faxrli 3 o‘rinni, Niyatullayev Shaxboz 200m/m da chalqancha krol usulida faxrli 3 o‘rinlarni 400 m/masofada kompleks (aralash) usulda 6.22.01 natija bilan, Suleymanov O‘lmas 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

2016 yilning 26-31 mart kunlari Toshkent shaxrida spotning suzish turi bo‘yicha O‘zbekiston Ochiq Chempionatida 200 m aralash usulda 2.56.78 natija bilan, xamda 400 m/masofada kompleks (aralash) usulda 6.22.03 natija bilan Elmurodov Elshodbek faxrli 2 ta 2 o‘rinni egalladi, 200m batterfley usulda 3.00.51 natija bilan Niyatullayev Shaxboz 2-o‘rinni, 200m brass usulda 3.04.74 natija bilan Muxiddinov Shoxruxmirzo 3- o‘zrinni 4×200 m/m da erkin usulda Ochilov Jamshid 3-o‘rinni 800m/m da erkin usulda Aliyev Ruslan faxrli 3 o‘rinni qo‘lga kiritib keldilar.

2016 yilning 25-30 aprel kunlari Toshkent shaxrida Suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston turniri musoboqasiga SST IBO‘SM jamoasi ishtirok etish uchun xizmat safariga yuborilgan.

2016 yilning 18-23 may kunlari Navoiy shahridagi “Delfin” suzish xavzasida suzish bo‘yicha I-II-III yosh toifadagi guruhlar o‘rtasida O‘zbekiston yozgi ochiq chempionati musoboqasida sport maktabi terma jamoasi ishtirok etishib qizlarimizdan Atemova Xonzoda va Sharipova Dinaralar 200m/m erkin usulda, 400 m/m erkin usulda, 800 m erkin usulda xamda estafeta baxslarida faxrli 2 va 3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek 2016 yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili”ga xamda O‘zbekiston Bolalar sportinini rivojlantirish jamg‘armasining Homiylik kengashi yig‘ilishining 2016 yil 11 fevraldagi yig‘ilish bayonining 21 bandi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari 2016 yil 22 martdagi Vazirlar Maxkamasida o‘tkazilgan №5 sonli yig‘ilish bayoniga asosan xotin qizlarni suzish sportiga jalb qilish maqsadida Sportning suv turlariga Ixtisoslashtirilgan Bolalar o‘smirlar sport maktabining Suzish xavzasida sog‘lomlashtirish guruxlari tashkil etilgan bo‘lib unda 60 dan ziyod xotin-qizlarimiz suzish sport turi bilan shug‘ullanish uchun jalb etilganlar. Ularning shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi kunda sportchilarimiz va uch nafar murabbiylarimiz 25-30 iyun kunlari Farg‘ona shahrida Farg‘ona olimpiya zahiralari kollejining suzish xavzasida Suzish bo‘yicha IV va V yosh toifadagi guruhlar o‘rtasida O‘zbekiston yozgi ochiq Chempionati musoboqalariga puxta tayyorsgarlik ko‘rish maqsadida 15-24 iyun kunlari Toshkent viloyati Bekobod shahriga O‘quv mashg‘ulot yig‘iniga ishtirok etish uchun xizmat safariga yubolrilgan, shuningdek SST IBO‘SMda Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 dekbrdagi №356-sonli qaroriga asosan mashg‘ulot jarayonlarini mazmunli va samarali olib borish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.